

"Bunday natijalarga boshqa yo'l qo'ymaslik kerak, ammo biz bor kuchimiz bilan o'ynashga harakat qilamiz. Hozir mavsumga tayyorgarlik ko'ryapmiz va tezlik ustida ishlashimiz kerak. Ispaniyada mavsum juda uzoq va uni yaxshi boshlab olish lozim. Kuchli raqibga qarshi bahsda agressiya yetishmadi, ayniqsa birinchi bo'limda. Ijobiy holatlarni hisobga oladigan bo'lsak, biz to'pga ko'proq egalik qildik va yaxshi vaziyatlar yaratdik. Hozircha jamoa 100% tayyor emas" - deydi Zidan.


