"Zidan Qatar terma jamoasini boshqaradi. Uning yillik maoshi 50 mln. evro bo'ladi".

Aslanov Jasurbek
1 iyun 2018, 15:53
Misrlik biznesmen Nagib Savirisning aytishicha, "Real" sobiq ustozi Zinedin Zidan faoliyatini Qatar terma jamoasida davom ettiradi.

Fransiyalik mutaxassis qatarliklarni 2022 yilda shu mamlakatda bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga tayyorlaydi. Nagib bergan ma'lumotlarga ko'ra, Zidanning yillik maoshi 50 mln. evro bo'ladi.

"Zidan JCH-2022 uchun Qatar terma jamoasida ishlaydi. Yillik maoshi 50 mln. evro bo'lgan 4 yilga mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. Hammasini pul hal qiladimi?" - deb yozdi Saviris.

Nagib Saviris - misrlik biznesmen. U 2012 yilda Forbes tomonidan Misrning eng boy ikkinchi kishisi sifatida tan olingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru