Zidan PSJni yana rad etdi, klub maslahatchisi esa boshqa murabbiyni taklif qilmoqda

Оқил Абдубарноев
13 iyun 2022, 00:13
PSJ Zinedin Zidanni bosh murabbiy etib tayinlash urinishlaridan voz kechmayapti.

Jurnalist Romena Molinaning yozishicha, ushbu hafta Fransiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Parij jamoasini boshqarish takliflarini rad etgan, tomonlar kelisha olmagan.

Biroq qatarlik klub egalari bu variantdan voz kechmoqchi emas, ular Zidan bilan hamkorlikni ustuvor vazifa deb bilishadi.

Shu bilan birga, klubning yangi futbol maslahatchisi Luish Kampush hozirda “Nicca”da ishlayotgan Kristof Galte PSJ bosh murabbiyi bo'lishi kerakligini takidlashda davom etmoqda.

Avvalroq parijliklar bosh murabbiy Maurisio Pochettino bilan shartnomani bekor qilishga kelishib olgani haqida xabar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/Romain_Molina