Zidan PSJ taklifini o'rganmoqda

Оқил Абдубарноев
16 apr 2022, 19:54
"Real" sobiq murabbiyi Zinedin Zidan PSJ murabbiyiga aylanishi mumkin.

Tomonlar o'rtasida allaqachon muzokara o'tkazilgan. Hozirda u parijliklar taklifini o'rganib chiqmoqda.

Bazi manbalar Zidan Fransiya termasini afzal ko'rishi haqida xabar berishmoqda.

Eslatib o'tamiz, 49 yoshli mutaxassis 2021 yilning may oyida "Real"ni tark etganidan beri ishsiz.

Madrid jamoasi bilan Zidan ikki marta Ispaniya chempionligi, ikki marta Ispaniya Superkubogini qo'lga kiritdi, uch marta Chempionlar ligasida zafar quchdi. Bundan tashqari, "qaymoqranlilar" klubi ikki marta UEFA Superkubogini qo'lga kiritdi va ikki marta klublar o'rtasidagi jahon chempionati sohibiga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Le Parisien