

Tribalfootball xabariga ko'ra, Angliya klubi vakillari fransiyalik mutaxassis bilan doimiy tarzda bog'lanib turishibdi. Agarda Joze Mourinyo yaqin vaqtlarda jamoaning o'yinini yaxshilay olmasa, uning o'rniga Zinedin Zidanni taklif qilishmoqchi.
MYU Zidanga yiliga 20 mln evro maosh berishga tayyor turibdi. Bunday maoshni hech qaysi murabbiy olmasligini hisobga olsak, Zidan taklifga rad javob bermasa kerak.



