Zidan - eng yaxshi klub murabbiyi. U Klopp va Gvardioladan o'zib ketdi

Alisher
4 avg 2020, 15:18
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan ayni damdagi eng kuchli murabbiy deb topildi.

Zidan bu borada "Liverpul" ustozi Yurgen Klopp va "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiolani ortda qoldirdi.

Zidan "Real"ni 2016-2018 yillar davomida boshqardi va bu vaqt davomida chempionat, Ispaniya Superkubogi, Chempionlar Ligasi (3 yil ketma-ket), UEFA Superkubogi (2 bor) va klublar o'rtasidagi JCHda g'olib bo'lgan.

2019 yilda Madrid klubiga qaytgan fransiyalik mutaxassis La Ligani yutdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: L’Équipe