Zidan: "Azar qiyin davrni o'tkazmoqda"

Mirjalol Normatov
5 iyul 2020
"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan hujumchi Eden Azarning hozirgi holatiga to'xtaldi.

"Eden hozir qiyin davrni boshidan o'tkazmoqda. Uning sog'lig'ini xavf ostiga qo'ymoqchi emasman. Shuningdek,  u ham bizning rejalarimizga rozilik berdi. Eden ushbu mavsumda yana o'ynashiga umid bildirib qolaman. U "Espanol"ga qarshi o'yinda qattiq zarba qabul qilib oldi. Shu sababli hozirda u bilan maxsus mutaxassislar ishlashmoqda", - dedi Zidan.

Ushbu mavsumda 29 yoshli Azar "Real" tarkibida barcha turnirlarda 1 gol va 7 assist qayd etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2024 yil yoziga qadar mo'ljallangan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal