Joze Mourinyo: "Menimcha Braziliya chempion bo'ladi"

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2014, 14:59
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo sifatli o'yin namoyish etmasa ham Braziliya chempion bo'lishini ma'lum qildi.
– Braziliya sifatli o'yin namoyish eta olmayapti, lekin ular yurakdan o'ynashmoqda, har bir o'yinchi borini berib harakat qilmoqda. Braziliya nima istayotganini biladi. Menimcha aynan mezbonlar chempion bo'lishadi, – deydi Mourinyo "Yahoo Sports" nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: football.kulichki.net