
"Paxtakor" klubi bilan shartnomam tugadi, kelishuv bir yilga tuzilgandi. Endi men erkin agentman. Ayni paytda agentim menga jamoa izlamoqda. Bularning orasida 3-4 ta variantlar bor. Ko'ramiz, ana shu takliflardan birini tanlayman. Yevropa va Osiyo klublaridan takliflarni ko'rib chiqayapmiz. Bundan tashqari O'zbekistonni o'zidan ham takliflar bor. Hozir klublarning nomini ayta olmayman. Faqatgina ular sovrinli o'rinlar uchun kurashadigan jamoalar ekanini aytishim mumkin xolos", - deydi Jora Oganesyan.
Eslatib o'tamiz, Oganesyan bu mavsum oliy ligada 12ta o'yinda maydonga tushdi va 3ta gol urishga erishdi.
Eslatib o'tamiz, Oganesyan bu mavsum oliy ligada 12ta o'yinda maydonga tushdi va 3ta gol urishga erishdi.