Jeparov gol urdi, "Seongnam" g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2013, 17:43
Janubiy Koreya K-ligasida 16-tur o'yinlari davom etmoqda.
Hamyurtimiz Server Jeparov to'p tepayotgan "Seongnam Ilva Chunma" klubi safarda "Chonbuk Motors" bilan kuch sinashdi. O'yinda "Seongnam" 3:2 hisobida zafar quchdi, quvonarlisi ushbu o'yinda hamyurtimiz Server Jeparov jamoasining ikkinchi golini urdi. "Seongnam" ayni paytda 25 ochko bilan musobaqa jadvalining 4-pog'onasida bormoqda. Klub keyingi turni 7 iyul kuni safarda "Seul"ga qarshi o'tkazadi.

"Chonbuk Motors" - "Seongnam Ilva Chunma" 2:3
Gollar:
Jung In Xvan 67, Li Dong Guk 77 - Lim Chae Min 42, Server Jeparov 65, Choi Eung Seong 80 avtogol.

Narzulla SaydullayevMuallif