JCH-2014. Neymar uchun mundial tugadi

Narzulla Saydullayev
5 iyul 2014, 09:10
Braziliya hujumchisi Neymar kechagi Kolumbiyaga qarshi o'yin so'nggida olgan jarohati tufayli 4-6 haftani o'tkazib yuboradi.
Kolumbiyalik Xuan Kamilo Suniga bilan to'qnashuvdan so'ng Neymarni darhol almashtirishdi va shifoxonaga olib ketishdi.

Neymarning umrtqa pog'onasi shikastlangani haqida ma'lumotlar bor. Futbolchining faoliyatida bu ta’sir qilmaydi, biroq kamida 4-6 hafta davolanishi shart. Shunday qilib, Neymar mundialda boshqa maydonga tusha olmaydi.

Eslatib o'tamiz, musobaqa yarim finalida Braziliya Germaniya bilan o'ynaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru