JCH-2013. Chili va Gana chorak finalga chiqishdi

Narzulla Saydullayev
3 iyul 2013, 23:19
Yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida yana ikki chorak finalchi nomi aniqlandi.
Xorvatiyaga qarshi o'yinning so'nggi 10 daqiqasida ikkita gol urgan Chili yoshlari kuchli sakkiz jamoa orasiga kirishdi. Portugaliya esa Ganaga qarshi o'yinda hisobda oldinda bora turib yakunda alamli tarzda mag'lub bo'ldi – 2:3. 

Endi chorak finalda Gana va Chili o'zaro kuch sinashishadi. O'sha o'yinda g'olib chiqqan jamoa Fransiya – O'zbekison juftligi g'olibi bilan yarim finalda ro'baro' keladi.

Bugun tunda yana ikkita 1/8 final o'yini bo'lib o'tadi.

Xorvatiya U-20 – Chili U-20 0:2 (0:0, 0:2)
3 iyul, Bursa Otaturk Stedium
Gollar:
0:1 – 81 Kastilo, 0:2 – 85, avtogol Shimunovich.
Xorvatiya U-20 – Zelenika, Shimunovich, Mrzlyak (Mishkich, 65), Aleksich, Datkovich, Brlek (Milichevich, 59), Chanadjiya, Pyaca (Payach, 84), Gorupec, Rebich, Livaya.
Chili U-20 – Melo, Larenas, Lixnovski, Kampos, Martines, Kuevas (Bravo, 68), Ernandes (Maturana, 56), Robles, Fuentes, Kastilo (Baesa, 88), Enrikes.
Ogohlantirishlar: Gorupec (14), Martines (58), Kastilo (79), Mishkich (90).

Portugaliya U-20 – Gana U-20 2:3 (0:1, 2:2)
3 iyul, Qodir Xas
Gollar:
0:1 – 19 Ashia, 1:1 – 71 Ferreyra, 2:1 – 73 Edgar Ie, 2:2 – 79 Anaba, 2:3 – 85 Boachi.
Portugaliya U-20 – Sa, Pintu (Kavaleyru, 87), Ilori, Ferreyra, Edgar Ie, Joau Mariu, Agoshtinyu Ka (Alvesh, 46), Andre Gomesh, Bruma, Aladje, Rikardu (Eshgayyu, 46).
Gana U-20 – Ofori-Antvi, Nketia, Baba, Attama, Larti, Aboadji (Dankan, 64), Salifu, Odjer (Anaba, 51), Achimpong, Assifua, Ashia (Boachi, 75).
Ogohlantirishlar: Ilori (26), Agoshtinyu Ka (30), Anaba (69), Bruma (88), Nketia (90).


3 iyul. 23:00


Iroq U-20 – Paragvay U-20
Kolumbiya U-20 – Janubiy Koreya U-20

Narzulla SaydullayevMuallif