JAR terma jamoasi sardori otib ketildi

Narzulla Saydullayev
27 okt 2014, 09:45
JAR terma jamoasi sardori va darvozaboni Senzo Meyiva yakshanba kuni tunda Vesluruse shaharchasida otib ketildi.
Meyiva shifoxonaga olib kelinganida vafot etib bo'lgandi. Voqeaning to'liq tafsilotlari ma'lum emas, deb xabar bermoqda R-Sport nashri.

Sentyabr oyida 27 yoshga to'lgan Meyiva "Orlando Payrets" klubida o'ynardi. U Afrika millatlar kubogi saralashi doirasidagi oxirgi to'rtta bahsda JAR terma jamoasi sardori sifatida maydonga tushgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: soccer.ru