Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalariga qarshi to'p tepadigan futbolchilar ma'lum bo'ldi

Narzulla Saydullayev
21 mar 2015, 17:04
O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov, Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalariga kqarshi echagidan o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etadigan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.
Eslatib o'tamiz, Qosimov shogirdlari 27 mart kuni Janubiy Koreya futbolchilariga qarshi maydonga chiqishsa, 31 mart kuni ular Yaponiya bilan bahs olib borishadi.

Safardagi yig'in oldidan, O'zbekiston terma jamoasi a'zolari Toshkentda 23 mart kuni yig'ilishadi va bir kun o'tgach, ular Janubiy Koreya poytaxti Seulga yo'l olishadi. Yaponiyaga esa, terma jamoa delegaciyasi 28 mart kuni yo'l oladi.

Quyida, Janubiy Koreya va Yaponiya terma jamoalariga qarshi kechadigan uchrashuvlarga taklif qilingan futbolchilar ro'yxati keltirilgan.

#FutbolchiTug'ilgan yiliKlubi
Darvozabon
1Eldor Suyunov1991Nasaf
2Akbar To'raev1989Bunyodkor
3Abdukarim Muhamedov1994Bunyodkor
Himoyachi
4Anzur Ismoilov1985Chanchun Yatay, Xitoy
5Shavkat Mullajonov1986Lokomotiv
5Shuhrat Muhammadiev1989Nasaf
7Aleksandr Merzlyakov1986Paxtakor
8Islom To'xtaxo'jaev1989Lokomotiv
9Artyom Filiposyan1988Bunyodkor
10Akmal Shoraxmedov1986Bunyodkor
11Farruh Sayfiev1991Nasaf
Yarim himoyachi
12Aziz Haydarov1985Al Shabab, BAA
13Odil Ahmedov1987Krasnodar, Rossiya
14Server Jeparov1983Ulsan, J.Koreya
15Lutfulla To'raev1988Lokomotiv
16Sanjar Tursunov1987Vorskla, Ukraina
17Sardor Rashidov1991Bunyodkor
18Sardor Mirzaev1991Lokomotiv
19Shavkat Salomov1985Olmaliq
Hujumchi
20Zohir Qo'ziboev1986Mashal
21Bahodir Nasimov1987Padideh, Eron
22Shahzod Nurmatov1991Metallurg
23Vohid Shodiev1986Bunyodkor


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com