
"Bavariya" futbolchilarini og'ir paytida ham yolg'izlantirib qo'ymaydi. Riberi jarohatlar girdobida qolib ketdi va asosiy vaqtni maydondan tashqarisida o'tkazishga majbur bo'lmoqda. Lekin klub unga hali ham ishonadi. Riberi ham o'z o'rnida yashil maydonni sog'ingan. Muhimi, klub futbolchini og'ir paytda tashlab qo'ymadi va "Bavariya" bunaqangi jamoalar toifasiga kirmaydi. Bundan ko'nglimiz to'q", - deydi Riberining agenti Jan-Per Bernes.