"Zenit" Braziliya terma jamoasi hujumchisiga yiliga 4,5 milliona evro maosh to'lashga rozi

Tolibjon Qosimov
23 iyul 2013, 14:16
“Zenit” klubi rasmiylari “Internasional” hujumchisi Leandru Damiauning trensferi haqida muzokara olib borish uchun Portu-Alegriga yetib kelishdi.
Takidlanishicha, safar rejasiga klub prezidenti Djovanni Luidji bilan uchrashuv kiritilgan. Unda Braziliya terma jamoasi hujumchisi uchun 25 million evro taklif etiladi.

23 yoshli braziliyalik hujumchining maoshi,  bir mavsumda 4,5 millionni tashkil qiladi.

Eslatib o'tamiz, Damiauga “Zenit”dan tashqari “Napoli” ham davogarlik qilmoqda.

O'tgan mavsumda u Braziliya chempionatida 19 o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 7 ta to'p kiritdi. 

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sport-express.ua