"Zenit" bosh murabbiyligi uchun 3 nafar nomzod bor

Mirjalol Normatov
13 may 2018, 16:00
Futbol sharhlovchisi Georgiy Chyerdancev "Zenit" bosh murabbiyligi uchun 3 nafar nomzod borligini ma'lum qildi.

"100 foizlik to'g'ri ma'lumot. "Zenit" uch nafar murabbiyni ko'z ostiga olgan. Ular Sergey Semak, Mauricio Sarri va Paulu Fonseka! Voqealar rivoji tezlashmoqda", - deb yozadi Chyerdancev o'z tvitterida.

Oldinroq Manchini rasman "Zenit" bosh murabbiyligidan ketgani borasida ma'lumot berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/cherdantsev