Zeedorfning fikricha, "Real" Benitesni Zidan bilan almashtirib to'g'ri qilgan
Aslanov Jasurbek
27 apr 2016, 16:01
"Real" va "Milan" sobiq yarim himoyachisi Klarens Zeedorfning fikricha, "Qirollik klubi" Zinedin Zidanga vaqt berishi kerak.
"Zidanda buyuk murabbiy bo'lish uchun hamma narsa bor. Ammo u o'z g'oyalarini hayotga tadbiq etishi uchun mutaxassisga vaqt kerak. "Real" murabbiyini o'zgartirish ijobiy natija olib keldi" - deydi Zeedorf.