Zanetti eng zo'r murabbiy kim ekanligini aytdi

Mirjalol Normatov
12 apr 2020, 13:59
"Inter" vice-prezidenti Xaver Zanetti "Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyu haqidagi fikrlarini bildirdi.

Portugaliyalik murabbiy 2008-2010 yillar davomida milanliklarni boshqargan.

"Mourinyuni dunyoning eng zo'r murabbiyi deyish xato bo'lmaydi. U "Inter"ni boshqarganida barcha extiroslarini sarflardi. Aynan uning xizmatlari evaziga biz katta natijalarga erishganmiz", - dedi Zanetti.

"Inter" Mourinyu qo'l ostida ikki bora mamlakat chempioni va bir martadan Italiya Kubogi, Superkubogi hamda Yevropa chempionlar ligasi sovrinini yutgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ESPN