Zakkeroni: “Ibragimovich Italiya futboliga Ronaldudan ko'ra ko'proq ta’sir o'tkazdi”

Eldor Akmurzayev
20 okt 2020, 21:00
“Yuventus” va “Milan” sobiq ustozi Alberto Zakkeroni Zlatan Ibragimovich haqida fikr bildirdi.

“Faoliyatim davomida buyuk chempionlarga murabbiylik qilganman, ammo men afsus qiladigan yagona narsa shuki, hech qachon Ibragimovichga ustoz bo'lmaganman. U nega “Oltin to'p” qolgan kiritmaganini hali ham tushunmayman. U Italiya futboliga Ronaldudan ko'ra ko'proq ta’sir o'tkazgan. U kelganidan keyin ko'plab yosh futbolchilar yaxshigina o'sishga erishgani bejizga emas.

Zlatan nafaqat gollar uradi. U jamoadoshlariga ishonch bag'ishlaydi. Eng qiyin pallarida esa jamoani o'z elkasida ko'tarib yuradi”, deydi Zakkeroni.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Giornale