"Yuventus"ning ikki futbolchisida koronavirus aniqlandi

Оқил Абдубарноев
31 dek 2021, 20:28
Turinning "Yuventus" klubiga tegishli ikki futbolchida koronavirus aniqlandi.

Italiya chempionatining navbatdagi turi oldidan jamoa a'zolari test sinovdan o'tkazildi. Darvozabon Karlo Pinsolo va yarim himoyachi Artur ijobiy testdan o'tishdi. Ushbu futbolchilar infekciya tarqalishiga qarshi qabul qilingan protokollarga muvofiq izolyaciyaga olingan.

Eslatib o'tamiz, 6 yanvar oqshomida "Yuventus" A Seriyaning 20-turi doirasida Turinda "Napoli"ga qarshi uchrashuv o'tkazishi kerak.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: juventus.com