"Yuventus"ga MYUning ikki futbolchisi kerak

Mirjalol Normatov
3 dek 2023, 17:10
"Yuventus" qishda "Manchester Yunayted"ning ikki futbolchisini sotib olmoqchi.

"La Gazetta dello Sport" xabariga ko'ra, Jeydon Sancho hamda Donni van de Bek Turin klubining qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Ikkala futbolchining ham MYU bilan muammolari bor. Angliyalik futbolchi bosh murabbiy bilan janjallashib qolgani uchun asosiy jamoadan haydalgan bo'lsa, niderlandiyalik futbolchi kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda.

"Yuventus" esa qishda ushbu vaziyatdan foydalanib qolmoqchi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazetta dello Sport