"Yuventus" yangi bosh murabbiy bilan kelishib qo'ydi

Administrator
15 may 2024
Massimiliano Allegrining "Yuventus"dagi o'rnini kim egallashi aniq.

Tiago Motta yangi mavsumdan "Yuventus" klubi bosh murabbiyi bo'lishga yaqin.

Corriere della Sera ma'lumotlariga ko'ra, "Yuventus" "Bolonya" bosh murabbiyi Tiago Motta bilan kelishib qo'ydi. Shartnoma shartlariga ko'ra, Motta Turinda 3.5 mln evro maosh bilan ikki yil faoliyat olib boradi.

Ma'lumot uchun, Tiago Motta "Bolonya" klubini 60 yillik tanaffusdan so'ng Chempionlar Ligasiga olib chiqdi. Ayni damda "Bolonya" A Seriya jadvalida qo'shimcha ko'rsatkichlar bilan "Yuventus"ni ortda qoldirib, uchinchi o'rinda turibdi.


AdministratorMuallif
Manba: Corriere della Sera