"Yuventus" Xedirani sotish fikridan qaytdi

Alisher
12 avg 2019, 11:30
"Yuventus" yarim himoyachisi Sami Xedira shu yozda jamoadan kyetmaydi.

Xedira Mauricio Sarriga jamoa uchun foydali o'yinchiligini isbotlashga harakat qiladi.

Oldinroq, "Yuventus" Aaron Remzi va Adrien Rabolarni sotib olgandan so'ng, germaniyalik futbolchi jamoadan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlar yangragan edi.

32 yoshli jahon chempioniga "Arsenal" va "Vulverxempton" klublari qiziqayotgan edi, ammo Angliyada transferlar oynasi yakunlangani sabablari transfer amalga oshmay qoldi.

Eslatib o'tamiz, Xediraning "Yuventus" bilan tuzgan shartnomasi 2021 yil yozga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia