

"Jenoa"da ijara asosida o'ynayotgan "Sassuolo" hujumchisi Janluka Skamakkaga "Yuventus" va "Milan" qiziqmoqda.
Dibalaning jarohatidan so'ng "Yuve"ga hujumchi kerak, shuningdek, Skamakkaning agentlari "Milan" bilan ham faol muzokaralar olib bormoqda.
Futbolchi joriy mavsum Italiya chempionatida 13 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta assist qayd etdi. Uning "Sassuolo" bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



