

Agar braziliyalik futbolchi turinliklarni tark etadigan bo'lsa, u holda klub mutasaddilari Realdan Marseloni xarid qilmoqchi. Avvalroq, u Italiya chempioni tarkibiga kelib qo'shilishi haqida xabarlar tarqalgandi. Biroq, Zayniddin Zidan qirollik klubi murabbiyliga qayta tayinlanganidan so'ng, Marselo Ispaniyada qolishni xohlayotgani aytilmoqda.
O'z navbatida, Yuventus madridliklarning himoyachisi bilan kelisha olmasa, Benfika a'zosi Alexandro Grimaldoning nomzodini ham ko'rib chiqishga tayyor bo'lib turibdi.



