"Yuventus" "Roma" futbolchisini nishonga oldi

Mirjalol Normatov
24 mar 2019, 17:10
"Yuventus" markaziy himoyasini yanada kuchaytirishni istamoqda.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, turinliklar yozda markaziy himoyachi sotib olishadi. Ayni damda "byankoneri"lar nishonida "Roma" fulbeki Kostas Manolas bo'lib turibdi.

Qayd etilishicha, gretsiyalikning o'zi ham "bo'rilar"ni tark etishga tayyor bo'lib turibdi. Himoyachining transfer narxi 45 million evro bo'lishi mumkin.

"Roma" himoyachisiga "Manchester Yunayted" va "Chelsi" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato