"Yuventus" Pirloni iste'foga chiqarishi mumkin

Mirjalol Normatov
5 apr 2021, 22:35
Italiya matbuoti Andrea Pirloning "Yuventus" bosh murabbiyligidan ketishi mumkinligini ma'lum qilmoqda.

"Corriere della Sera" xabariga ko'ra, agarda turinliklar Italiya chempionatida "Napoli"ga mag'lub bo'lsa, bosh murabbiyning iste'fosi kuzatilishi kutilmoqda.

Bunday holatda ushbu mavsum yakuniga qadar jamoani Pirloning assistenti Igor Tudor boshqaradi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere della Sera