

Kudus o'tgan hafta "Liverpul" darvozasini ishg'ol qildi va oxirgi 5 o'yinda 4 ta gol urdi. U mavsumoldi yig'inda xuddi shuncha golni 3 o'yinda urgan edi. Uning ajoyib formasi klublarning e'tiborini tortishda davom etmoqda.
22 yoshli ganalik futbolchiga "Everton" va "Tottenxem" ham qiziqqan bo'lib, transfer narxi 10 mln evroni tashkil etadi.



