"Yuventus" Montoyya borasida "Barselona" bilan muzokaralar o'tkazadi

Aslanov Jasurbek
25 dek 2014, 13:19
"Yuventus" murabbiylar shtabi "Barselona" himoyachisi Martin Montoyya xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, "Qari sinora" vakillari Rojdestvo bayramidan so'ng "Barselona" bilan muzokara o'tkazish uchun Ispaniyaga yo'l oladi. Montoyya ko'k-anorranglilarni tark etishga qatiy qaror qilgan. Montoyyaga nemis va ingliz klublari ham qiziqmoqda.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com