

Ular jarohatlangan Jorjo Kellinining o'rnini "Barselona" himoyachisi Samyuel Yumtiti bilan to'ldirishmoqchi. Tomonlar yozgi transferlar oynasi vaqtida muzokaralar o'tkazishgandi. "Yuventus" De Ligt bilan shartnoma imzolaganidan keyin bu ham to'xtagandi.
"Yuventus" Umtitini olti oyga yoki bir yilga ijaraga olishni rejalashtirmoqda. Oldinroq fransiyalikning xizmatlariga "Manchester Yunayted" hamda PSJ kabi jamoalardan qiziqishlar bo'lgandi.



