"Yuventus" ikki nafar forvardni xarid qilish harakatida

Sherzod Nurmatov
28 fev 2021, 01:18
"Yuventus" yozda ikkita hujumchini sotib olmoqchi.

Tuttosport axborotiga ko'ra, gap "Lion" hujumchisi Memfis Depay va "Napoli" a'zosi Arkadiush Milik haqida ketmoqda.

Eslatib o'tamiz, Depayning klub bilan shartnomasi kelasi yozda o'z nihoyasiga etadi, shu sababli uni erkin agent sifatida imzolash mumkin.

Milik esa "Marsel"da ijarada o'ynamoqda, u francuz klubi safida 2 o'yin o'tkazdi va 1 ta gol urdi.  Depay 27 o'yinda 15 ta gol urib, 7 ta goli pas qayd etgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Tuttosport