"Yuventus" himoyachisi safga qaytdi

Sherzod Nurmatov
1 dek 2023, 12:12
Futbolchi yana jamoaga yordam berishga tayyor.

"Yuventus" himoyachisi Danilo safga qaytdi. Bu haqda turinliklar klubining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida xabar berildi.

Futbolchi Braziliya terma jamoasida olgan jarohati tufayli bir yarim oy maydonga tushmadi. 

32 yoshli markaziy himoyachi 1 dekabr kuni bo'lib o'tadigan "Monca"ga qarshi o'yin qaydnomasiga kiritildi.

Danilo ushbu mavsum A Seriyada jami 8 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport