"Yuventus" hali Pogbaning transferini muhokama qilishga tayyor emas

Alisher
5 noya 2020, 11:47
"Yuventus" sport direktori Fabio Paratichi "Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning jamoaga ehtimoliy qaytishi haqida gapirdi.

"Pogba - "Manchester Yunayted" o'yinchisi. Transfer haqida gapirishga hali erta. Bu yerda biz hammamiz Pogba haqida o'ylaymiz.

U o'z vaqtida jamoamizga ko'p narsa bera olgan. Ammo hozir transfer oynasidagi maqsadlar haqida gapirishga erta. Biz bor e'tiborimizni jamoani shakllantirishga qaratganmiz", - deydi Paratichi.

Pogba joriy mavsum APL doirasidagi 6ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport Italia