"Yuventus" - "Fiorentina" uchrashuvidan matnli translyatsiya

Narzulla Saydullayev
9 mar 2014, 15:10
Italiya A seriyasida bugun 27-tur o'yinlari davom ettiriladi.
Chempionlik uchun asosiy da'vogar hisoblangan "Yuventus" Turinda "Fiorentina"ni qabul qiladi. Bu jamoalar o'rtasidagi birinchi davrada bo'lib o'tgan o'yinni ko'pchilik eslasa kerak. O'shanda "Fiorentina" 0:2 hisobida ortda borib ikkinchi bo'limda ketma-ket to'rtta gol urgandi. Hozirga qadar "Yuve" chempionatda bundan boshqa jamoaga mag'lub bo'lgani yo'q.

Konte shogirdlari birinchi davradagi mag'lubiyat uchun revansh olishga urinishlari turgan gap. To'rtinchi o'rinda borayotgan "Fiorentina" esa mavsumda ikki bor "Yuventus"ni taslim qilishga harakat qiladi. Vinchenco Montella shogirdlari Turinda qanday karomat ko'rsatishar ekan? Buni Toshkent vaqti bilan soat 16:30da boshlanadigan o'yinda bilib olamiz.

Birinchi davradagi o'yin:
FIORENTINA - YUVENTUS - 4:2 (0:2)
Gollar:
Teves, 37-s penalti (0:1). Pogba, 41 (0:2). Rossi, 65-s penalti (1:2). Rossi, 76 (2:2). Xoakin, 78 (3:2). Rossi, 81 (4:2).

Saytimiz ushbu shiddatli kechishi kutilayotgan bahsdan matnli translyatsiya olib boradi. Biz bilan qoling.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia