"Yuventus" direktori - Mottaga: "Seni tanlaganimdan uyalaman"

Alisher
23 mar 2025
23 mart kuni "Yuventus" Tyago Motta jamoa bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilganini e'lon qildi.

Jamoaga Igor Tudor yangi murabbiy etib tayinlandi.

"Yuventus" sport direktori Kristiano Juntoli Tyago Mottadan hafsalasi pir bo'ldi. - Seni tanlaganimdan uyalaman, - dedi Juntoli Motta bilan suhbatda.

"Yuventus" A Seriyadagi so'nggi ikkita o'yinda ham mag'lubiyatga uchradi. Klub "Atalanta" va "Fiorentina"ga 0:4 va 0:3 hisoblarida imkoniyatni boy berdi. "Keksa sinora" A Seriya jadvalida 5-o'rinda bormoqda.


AlisherMuallif
Manba: gazzetta.it