“Yuventus” Bonuchchi uchun 50 million funt so'ramoqda

Aslanov Jasurbek
22 apr 2017, 00:15
“Manchester Siti” rahbariyati “Yuventus” himoyachisi Leonardo Bonuchchini sotib olish rejasidan qaytmagan ko'rinadi.

The Telegraf tarqatgan xabarlarga ko'ra, “shaharliklar” Turin superklubiga futbolchi borasida norasmiy so'rov jo'natishgan. Dushanba kuni 30 yoshni qarshi oladigan futbolchining narxini “Yuventus” 50 million funtga baholamoqda (60 millionga yaqin evro). Bu himoyachilar uchun rekord summa hisoblanadi.

Nashrning ishontirishicha, Xosep Gvardiola ushbu himoyachini sotib olishni asosiy maqsadlaridan biriga aylantirgan.  Chunki  murabbiy markaziy himoyani sezilarli ravishda kuchaytirishni rejalashtirmoqda. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Telegraph