

The Telegraf tarqatgan xabarlarga ko'ra, “shaharliklar” Turin superklubiga futbolchi borasida norasmiy so'rov jo'natishgan. Dushanba kuni 30 yoshni qarshi oladigan futbolchining narxini “Yuventus” 50 million funtga baholamoqda (60 millionga yaqin evro). Bu himoyachilar uchun rekord summa hisoblanadi.
Nashrning ishontirishicha, Xosep Gvardiola ushbu himoyachini sotib olishni asosiy maqsadlaridan biriga aylantirgan. Chunki murabbiy markaziy himoyani sezilarli ravishda kuchaytirishni rejalashtirmoqda.



