"Yuventus" 60 yildan beri bunchalik ko'p gol o'tkazib yubormagan edi

Alisher
31 okt 2021, 11:54
"Yuventus" yana o'z muxlislarini xafa qildi.

Massimiliano Allegri jamoasi mehmonda "Verona"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

"Yuventus" chempionatning dastlabki 11 turida 15 ochko jamg'ardi va shu bilan birga 15ta gol o'tkazib yubordi.

"Keksa sinora" so'nggi bor chempionatning dastlabki 11 turida bundan 60 yil oldin shunchalik ko'p to'p o'tkazib yuborgan - 1961/62 yilgi mavsum. O'shanda turinliklar jadvalni 12-o'rinda yakunlashgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Opta