"Yuve" "Fiorentina" bilan muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda Mottani iste'foga chiqarishi mumkin. Manchini o'rinbosarlik uchun asosiy nomzod

Omonjon To`xtamirzayev
13 mar 2025, 16:46
"Yuventus" ustozi Motta iste'foga chiqarilib, uning o'rniga Roberto Manchini tayinlanishi mumkin.

Tiago Motta "Fiorentina"ga qarshi o'yinda muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, iste'foga chiqarilishi mumkin. Ishdan bo'shatilgan taqdirda, ikkita variant ko'rib chiqiladi: vaqtinchalik yoki doimiy murabbiyni tayinlash.

"Byankoneri" yoshlar jamoasida ishlaydigan Franchesko Manyanelli bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi lavozimiga asosiy nomzod sifatida ko'rilmoqda. Mutaxassis avvalroq Massimiliano Allegri boshchiligidagi bosh jamoa shtabida ishlagan.

Doimiy murabbiy bo'lish variantlari orasida Italiya terma jamoasi va "Manchester Siti"da ishlagan Roberto Manchini favorit hisoblanadi. Saudiya Arabistoni terma jamoasining sobiq murabbiyi bilan allaqachon aloqalar o'rnatilgan.

Manchini boshqa barcha nomzodlardan oldinda, ular orasida Jan Pero Gasperini, Xavi, Antonio Konte va Igor Tudor bor.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: tuttosport.com