Yusupov: "O'zimni Rokki Balboadek his qilyapman"

Aslanov Jasurbek
10 yanv 2018, 13:02
"Zenit" yarim himoyachisi, joriy mavsumni ijara asosida "Rostov"da o'tkazayotgan Artur Yusupov jarohatini davolashni davom ettirmoqda.

Oktyabrda futbolchi mashg'ulot payti jiddiy jarohat olgan edi va hozirgacha maydonga tushgani yo'q. 28 yoshli futbolchi "Instagram"dagi sahifasida kuniga 6 soatdan shug'ullanayotganini aytdi.

"O'zimni Rokki Balboadek his qilyapman. Har kuni 6 soatdan shug'ullanyapmiz. Kuch faqat yotoqqa borishga etmoqda" - deb yozdi Yusupov.

Oktyabrda Artur Yusupovning oyoqqa turishi uchun 6 oy kerak bo'lishi aytilgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com