

O'yin haqida fikringiz...
Guvohi bo'lganingizdek, qiziq o'yin bo'ldi, imkoniyatlar ko'p bo'ldi, hammasidan foydalana olmadik. Bunday holatlar uchrab turadi, futbol shunisi bilan qiziq.
Siz Armanistonda ikki mavsum to'purar bo'lgansiz. O'zbekistonda bu natijaga nima to'sqinlik qilmoqda?
Armaniston ligasi va O'zbekiston ligasi haqida gapiradigan bo'lsak, ular mutlaqo ikki xil liga, shunday emasmi? Men u yerda to'purar bo'ldim, chunki jamoada uzoq vaqt o'ynadim. Bu yerda ham madaniyatni, odamlarni, ligani o'rganishga harakat qilyapman. Biroz farqlarni ko'ryapman, lekin vaqt o'tishi bilan, jamoaga moslashib, barchasi yaxshi bo'lishiga ishonchim komil.



