Yuriy Lukin: "Futbolda gol urgan jamoa g'alaba qozonishi mumkin"

Narzulla Saydullayev
27 apr 2014, 09:42
Oliy liganing 6-turidan o'rin olgan "Olmaliq" - "Qizilqum" uchrashuvidan so'ng ikkala jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.
Dastlab mehmon jamoa ustozi Yuriy Lukin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Yuriy Lukin ("Qizilqum" bosh murabbiyi): Bugun muxlisbop ochiq va hujumkor o'yin namoyish etdik. Mezbonlar yaratilgan vaziyatni golga aylantirishdi. Bizda esa hujum chizig'ida muammolar bor. Bu uchrashuvda tajribali hujumchi Vladimir Shishelov ham jarohat sabab yordam bera olmadi. Futbol qonuniyati gol urgan jamoa g'alaba qozonishi mumkin. O'ylaymanki, jamoamizdagi hujumchilar keyingi o'yinlarda o'zlarini ko'rsatishadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fc-olmaliq.uz