Yuriy Lukin: "Bugungi g'alaba mavsumning ijobiy yakuni uchun kafolat emas"

Narzulla Saydullayev
3 noya 2013, 18:16
"Qizilqum" - "Olmaliq" jamoalari uchrashuvidan so'ng, har ikki jamoa bosh murabbiylari o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdilar.
Yuriy Lukin, "Qizilqum" jamoasi bosh murabbiyi:
- Bugun jiddiy va kuchli raqibga qarshi maydonga tushdik. Oldimizga qo'yilgan vazifa nechog'li muhim ekanligini his qilgan holda raqibimizning oldingi turlardagi o'yinlarini chuqurroq tahlil qilganimiz bugun foyda qildi. Shogirdlarim ko'rsatmalarimni bexato bajarishganidan xursandman. Muhimi, bugun stadionga yig'ilgan muxlislar chiroyli o'yinga guvoh bo'lishdi. Ammo hali jamoamiz o'z oldiga qo'ygan vazifani oxirigacha hal etgani yo'q. Maqsadimiz oliy ligada o'z o'rnimizni saqlab qolish ekan, oxirgi turda ham hujumkor o'yin namoyish etib, muxlislarni quvontirishga harakat qilamiz.  Bugun keyingi turdagi raqibimizning o'z maydonida imkoniyatni boy berganligi bizni aslo xotirjamlikka berilishimizga yo'l qo'ymaydi. Bir so'z bilan aytganda, bugungi g'alaba mavsumning ijobiy yakuni uchun jamoamizga kafolat bermaydi. Kurash hali davom etadi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcqizilqum.uz