"Yunayted"dagilar Pogba borasidagi xabarni rad qilishdi

Mirjalol Normatov
6 okt 2019, 13:55
"Manchester Yunayted"dagilar rahbariyat yarim himoyachi Pol Pogba bilan shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar o'tkazayotgani borasidagi ma'lumotlarni rad qilishdi.

Oldinroq tarqagan mish-mishlarga ko'ra, futbolchi rahbariyatdan haftasiga 674 ming evro maosh so'rayotgani borasida ma'lumotlar berilgandi.

"Pogbaning yana ikki yillik shartnomasi bor va uni bir yilga uzaytirish ham mumkin. Maoshni ko'paytirish borasida hech qanday muzokaralar bo'lmayapti. Pol jamoa haqida o'ylamoqda va u shu yerda qolishga tayyor", - dedi manba.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Mail