Yumtiti "Siti" qiziqishi borasida javob berdi

Aslanov Jasurbek
4 yanv 2018, 12:12
"Barselona" himoyachisi Samuel Yumtiti jamoasiga sodiq qoladi.

24 yoshli futbolchi xizmatlariga "Manchester Siti" qiziqish bildirmoqda, ammo fransiyalik Tumanli Albionga ko'chib o'tmoqchi emas.

Ma'lumotlarga ko'ra, Yumtitining maqsadi "Barselona" bilan sovrinlar qo'lga kiritish.

Oldinroq, "Manchester Siti" Kataloniya klubi himoyachisi uchun 60 mln. evro to'lashga tayyor edi. Futbolchining shartnomasidagi tovon puli shuncha. Kelishuv 2021 yilning yozigacha amal qiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo