Yumtiti: "Barselona"da baxtliman, bu klubda o'ynash orzuim edi"

Aslanov Jasurbek
2 apr 2018, 13:06
"Barselona" himoyachisi Samuel Yumtiti yozgi transfer oynasida klubdan ketishi borasida paydo bo'lgan mish-mishlar haqida fikr bildirdi.

"Menga nafaqat "Manchester Yunayted", balki boshqa klublar ham qiziqish bildirdi. Ammo hozir bor e'tiborim "Barselona"ga qaratilgan. Bu klubda o'ynash orzuim edi. 22 yoshimda bunga erishdim. Bu yerda baxtliman. Shartnomani uzaytirish haqida muzokaralar boshlanmadi. Tovon pulim katta emas, ammo bu meni havotirga solmayapti. Faqat futbol haqida o'ylayapman" - deydi Yumtiti.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Manchester Evening News