Yozgi transferlar oynasi vaqti ham o'zgaradi

Mirjalol Normatov
17 mar 2020, 20:50
FIFA rahbariyati yozgi transferlar oynasi davrini surish borasida muhokamalar olib bormoqda.

"The Sun" xabariga ko'ra, transferlar oynasi ochilishi odatdagi kunidan keyinroq va yopilishi ham shunga yarasha kechroq bo'ladi. Qayd etish kerak, katta ehtimol bilan agarda chempionatlar qaytadan boshlanadigan bo'lsa, 30 iyunga qadar yakunlanmaydi.

Shuningdek, 30 iyun kuni ko'plab jamoalarda futbolchilarning shartnomasi yakuniga etadi va erkin agentga aylanadiganlar ham ko'pginani tashkil qilmoqda. Klublar bilan bu borada muzokaralar olib borilishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Sun