Yozda erkin agentga aylanadigan APL futbolchilari

Sherzod Nurmatov
20 may 2025, 13:10
"The Athletic" nashri Angliya Premer-ligasining barcha klublaridan yozda shartnomasi tugaydigan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

Taniqli nomlarKevin De Bryuyne ("Manchester Siti"), Tomas Parti va Jorjino ("Arsenal"), Trent Aleksander-Arnold ("Liverpul"), Kristian Eriksen va Viktor Lindelyof ("Manchester Yunayted").

Tarik Lempti va Jeyms Milner ("Brayton"), Yakub Moder, Joel Veltman, Kristian Noergaard ("Brentford"), Dominik Kalvert-Lyuin, Abulaya Dukure va Eshli Yang ("Everton"), Raul Ximenes ("Fulxem"), Jeymi Vardi ("Lester").

Kallum Uilson, Fabian Sher ("Nyukasl"), Kris Vud ("Nottingem Forest"), Son Xyon Min ("Tottenxem"), Maykl Antonio ("Vest Xem").

Bu futbolchilarni qaysi jamoa(lar)da ko'rishni xohlardingiz?

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic