Yovichga "Real"da imkoniyat taqdim qilinishi mumkin

Mirjalol Normatov
27 sen 2020, 13:46
"Real" rahbariyati hujumchi Luka Yovichni jamoada saqlab qolmoqchi.

"AS" xabariga ko'ra, futbolchiga ushbu mavsumda imkoniyat beriladi va ko'proq o'yin amaliyoti taqdim qilinadi. Uning ketishini Zinedin Zidan istagan bo'lsa-da, rahbariyat Yovich ketgan transfer summani oqlashiga ishonmoqda. Agarda ushbu mavsumda Yovich umidlarni oqlasa, jamoada qoladi.

O'tgan mavsumda 22 yoshli Yovich barcha turnirlarda 25 o'yinda 2 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: AS